Bugun 29 mart, 2025 yil, shanba

КИР

Toshkentdagi ko‘chalardan biri 1 mayga qadar yopildi

Toshkentdagi ko‘chalardan biri 1 mayga qadar yopildi

Toshkent shahri Shayxontohur tumanidagi Shofayzi ko‘chasi 25 martdan 1 mayga qadar yopildi, deb xabar beradi poytaxt hokimligi matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, Daryobo‘yi Business City loyihasi doirasida Janggoh, Chuqurko‘prik va Zaxariq ochiq kollektorlarining yopilishi, shuningdek, avtomobil yo‘li, yashil hududlar, piyodalar va velosiped yo‘laklari barpo etilishi sababli Shofayzi ko‘chasi avtotransport harakati uchun yopilgan.

Toshkentdagi ko‘chalardan biri 1 mayga qadar yopildi

Shu bilan birga, Shofayzi ko‘chasining Ko‘kcha darvoza ko‘chasidan Rahmat Fayzi ko‘chasigacha bo‘lgan qismida ta’mirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan 34-sonli «Chilonzor metrosi — Shifokorlar shaharchasi» avtobus yo‘nalishiga vaqtinchalik o‘zgartirish kiritiladi.

Mutasaddilar haydovchi va yo‘lovchilardan noqulaylik uchun uzr so‘raydi.

Kiritildi: 19:06 25.03.2025. O'qildi: 967 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!