Bugun 13 iyul, 2025 yil, yakshanba

КИР

Rossiya armiyasi yagona aviatashuvchisidan ayrilishi mumkin

Rossiya armiyasi yagona aviatashuvchisidan ayrilishi mumkin

Rossiya Mudofaa vazirligi 2018 yildan beri ta’mirlanayotgan yagona aviatashuvchi “Admiral Kuznesov” kreyserini tiklashdan bosh tortishi mumkin. “Izvestiya” nashriga ko‘ra, hozir kemani ta’mirlash va modernizasiya qilish to‘xtatilgan va uning kelajagi haqidagi masala yaqinda hal etilishi kerak.

Kreyserni tiklash bilan shug‘ullangan Harbiy-dengiz kuchlari bosh qo‘mondonligi va Birlashgan kemasozlik korporasiyasi vakillari hozir aviatashuvchini flotning jangovar tarkibiga qaytarish qanchalar mantiqiy ekanligini muhokama qilmoqda.

Tinch okeani flotining sobiq qo‘mondoni, admiral Sergey Avakyans ta’mirlash ishlarini davom ettirishdan bosh tortishni "mutlaqo to‘g‘ri" deb atadi. Uning fikricha, Rossiya flotiga “Admiral Kuznesov” hatto modernizasiya qilingan holda ham kerak emas.

"Aviatashuvchi – eskilik sarqiti. Bu juda qimmat va samarasiz dengiz quroli. Kelajak robot tizimlari va dron tashuvchilarga tegishli. Va agar ta’mirlashni davom ettirmaslik to‘g‘risida qaror qabul qilinsa, “Admiral Kuznesov”ni kesib, temir-tersakka topshirish va utilizasiya qilish qoladi", — dedi Avakyans.

2025 yil holatiga ko‘ra, dunyoda atigi 10 ta davlat aviatashuvchi kemaga ega. Eng yirik flot AQSh hissasiga to‘g‘ri keladi – 11 ta kema. Xitoy armiyasida 3 ta bunday kema bor.

Kiritildi: 23:25 12.07.2025. O'qildi: 1777 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!