Vladimir Zelenskiy Italiyaga tashrifi chog‘ida havo hujumidan mudofaa tizimlarini yetkazib berishda Yevropaning yordam berishiga umid bildirdi. Biroq, bu ittifoqchilar tomonidan qisqa muddatli investisiya bo‘ladi, deb yozmoqda Norvegiyaning “Steigan” nashri.
“Patriot raketalari ba’zi rus raketalariga qarshi havo hujumidan mudofaa vazifasini bajaradi, ammo ularning gipertovushlarga qarshi imkoniyati yo‘q. Rossiya qurollari ularni shunchaki yo‘q qiladi. Norvegiyaning milliard dollarlik investisiyasi befoyda bo‘lishi mumkin”, - deyiladi maqolada.
Maqola muallifiga ko‘ra, hukumat milliy boyliklarni poraxo‘r Kiyev rejimiga shunchaki tarqatmoqda.
Zelenskiy payshanba kuni Rimda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida AQShdan Ukraina Qurolli kuchlari uchun o‘nta Patriot havo hujumidan mudofaa tizimini taqdim etishni so‘raganini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Germaniya va Norvegiya uchta tizimni xarid qilishni moliyalashtiradi.
Moskvaning fikricha, Kiyevga qurol yetkazib berilayotgani vaziyatni tartibga solishga to‘sqinlik qilmoqda va mojaroga NATO davlatlarini bevosita jalb qilmoqda. Kremlga ko‘ra, G‘arb tomonidan Ukrainaga qurol-yarog‘ kiritilishi muzokaralarga hissa qo‘shmaydi va salbiy ta’sir ko‘rsatadi.