Qozog‘iston hukumati Qizil kitobga kiritilgan, ammo endilikda ko‘payib ketgan «sayg‘oqlar sonini muvofiqlashtirish»ga qaror qildi.
Ekologiya va tabiat resurslari vaziri Yerlan Nisanbayev aytishicha, bu hayvonlarning taxminan 20 foizi yoki 800 ming boshga yaqin sayg‘oq, yumshoq qilib aytganda, «populyasiyadan olinadi», indallosi — otiladi. Sababi — sayg‘oqlar soni 3,9 mln boshga yetgan — bu tarixiy eng yuqori ko‘rsatkichlardan uch karra ko‘p. Bunchalik yuqori sur’atda ko‘payish sayg‘oqlar kelajagini xavf ostiga qo‘ymoqda, chunki ularning populyasiyasi uchun Qozog‘iston va hatto qo‘shni Rossiya yerlari ham torlik qilishi mumkin.
Mamlakat hududida sayg‘oqlarni otish kampaniyasi 30 noyabrgacha davom etadi.
Qozog‘iston hududida yashovchi uch turdagi sayg‘oqlar orasida, moratoriy qo‘llangan yillarda ural (2,3 mln) va betpaqdala (1,6 mln) sayg‘oqlari soni ayniqsa ko‘payib ketgan.
«Ekologik paradoks qarshisida qoldik: sayg‘oqlarni asrash bo‘yicha muvaffaqiyat ularning o‘ziga va kelajagiga xavf tug‘dirmoqda, tezda chora ko‘rishimiz lozim», — dedi Qozog‘iston fan va oliy ta’lim qo‘mitasi Zoologiya instituti teriologiya laboratoriyasi mudiri Aleksey Grachyov.