Bugun 13 iyul, 2025 yil, yakshanba

КИР

Sergey Stepashin Germaniya kansleriga ogohlantirish yubordi

Sergey Stepashin Germaniya kansleriga ogohlantirish yubordi

"Biz Taurus raketalari qayerda ishlab chiqarilishini bilamiz...O‘ylab ko‘rishsin," deya ta’kidladi siyosatchi RIA "Novosti" bilan suhbatda.

Ushbu so‘zlar bilan Rossiyaning sobiq bosh vaziri va sobiq FXX direktori Sergey Stepashin Germaniya kansleriga ogohlantirish yubordi.

Siyosatchi ta’kidlashicha, agar bu raketalar Rossiyaga hujum qilish uchun ishlatilsa, Moskva buni Germaniyaning urush harakatlarida bevosita ishtiroki deb baholaydi va tegishli choralar ko‘radi. Stepashin Germaniyani bu qarorni yana bir bor chuqur o‘ylab ko‘rishga chaqirdi.

Biroz oldin Fridrix Mers Ukrainaga Rossiyaning ichki hududlariga zarba berishga qodir uzoq masofali raketalar yetkazib berishini va bu Germaniyaning urushga aralashganini anglatmasligini aytgan edi...

Kiritildi: 21:05 12.07.2025. O'qildi: 1050 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!