Bugun 11 iyul, 2025 yil, juma

КИР

JCH-2026 «tarixdagi eng iflos musobaqa» bo‘lishi mumkin

JCH-2026 «tarixdagi eng iflos musobaqa» bo‘lishi mumkin

Ekologlarga ko‘ra, bu chempionat atmosferaga 9 mln tonna SO2 chiqarishi mumkin.

2026 yili AQSH, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadigan futbol bo‘yicha jahon chempionati ekologiya uchun jiddiy xavf tug‘dirishi mumkin. Britaniyaning «Scientists for Global Responsibility» tashkiloti ekologlari JCH-2026 «iqlim uchun eng halokatli musobaqa» bo‘lishi mumkinligini ma’lum qildi.

Tadqiqotlarga ko‘ra, chempionat vaqtida 9 mln tonnadan ziyod karbonat angidrid (SO2) ekvivalenti atmosferaga chiqariladi. Bu 2022 yil Qatardagi Jahon chempionatida qayd etilgan 5,25 mln tonnali ko‘rsatkichdan ancha yuqori. Hisob-kitoblarga qaraganda, turnirda ishtirok etuvchi 48 mamlakatning delegasiyalari va tomoshabinlarining uzoq masofalarga safarlari bu holatga asosiy sabab bo‘ladi.

FIFAning yangi formatida ishtirokchilar soni 32 dan 48 taga oshgan. Bu musobaqa bilan bog‘liq transport harakatlarini ko‘paytirib, umumiy emissiya hajmini oshiradi. Shu sababli, 2026 yilgi mundial allaqachon «tarixdagi eng ifloslantiruvchi chempionat» sifatida tilga olinmoqda.

O‘zbekiston ham musobaqada qatnashadigan mamlakatlar orasida. Undan tashqari Avstraliya, Yaponiya, Iordaniya, Janubiy Koreya, Eron, Argentina, Braziliya, Ekvador va Yangi Zelandiya kabi davlatlar ishtirokini kafolatlagan.

Ekologlar 2030 yilgi musobaqa olti davlat va uchta qit’ada bo‘lib o‘tishi mumkinligidan ham tashvish bildirishmoqda. Bu kelgusi musobaqalarda ekologik xavf yanada ortirishini anglatadi.

Kiritildi: 16:31 10.07.2025. O'qildi: 1424 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!