Jinoyat ishlari bo‘yicha Bektemir tumani sudi tomonidan 15 yilga ozodlikdan mahrum etilgan Dilshod To‘raxo‘jayevga tergov paytida qo‘llanilgan qiynoqlar masalasi Rossiya Federasiyasini ham befarq qoldirmadi.
Rossiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi mazkur ish yuzasidan rasmiy nota berdi. Unda To‘raxo‘jayevga nisbatan tergov davrida inson huquqlari buzilgani va qiynoq qo‘llangani ko‘tarilgan.