Bugun 13 iyul, 2025 yil, yakshanba

КИР

"Germaniyaning birlashishiga darhol rozi bo‘lib Gorbachev xato qilgan..."

"Germaniyaning birlashishiga darhol rozi bo‘lib Gorbachev xato qilgan..."

Bu haqda Rossiya sobiq bosh vaziri va sobiq FXX direktori Sergey Stepashin RIA novostiga aytib berdi.

Uning fikriga ko‘ra, Gorbachev bunga darhol, hech qanday shartlarsiz rozi bo‘lganida Germaniya konsleri Gelmut Kol hatto o‘z qulog‘iga ishonmagan va tarjimondan qayta so‘ragan.

Xalqaro huquq normalariga ko‘ra ikki davlat birlashishidan oldin referendum o‘tkazish va o‘zimizga kerakli talablarni qo‘yishimiz kerak edi. Biz esa hamma narsaga shunchaki rozi bo‘ldik va hatto ulardan qarzdor ham bo‘lib qoldik, dedi Stepashin.

Ushbu intervyu Germaniya kansleri Fridrix Mersning Ukrainaga uzoq masofali raketalar yetkazib berish qarori va Germaniyani yana Yevropaning yetakchi harbiy davlatiga aylantirishi rejalari haqidagi bayonotlari fonida bo‘lib o‘tdi

Kiritildi: 22:35 12.07.2025. O'qildi: 2511 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!