Bugun 5 fevral, 2025 yil, chorshanba

КИР

Toshkentda taksichi uxlab qolgan yo‘lovchi nomiga 12 mln so‘m kredit oldi

Toshkentda taksichi uxlab qolgan yo‘lovchi nomiga 12 mln so‘m kredit oldi

Toshkent shahrida taksi haydovchisi uxlab qolgan yo‘lovchining nomiga kredit olib, o‘z ehtiyojlari uchun sarflab yuborgani aniqlandi.

Toshkent shahri IIBB xabariga ko‘ra, taksiga chiqqan yo‘lovchi ayol mast holatda bo‘lgan. U telefonini haydovchiga manzil geolokasiyasini ko‘rsatish uchun bergan va uxlab qolgan. Haydovchi va uning sherigi telefondagi ilova orqali mijoz nomiga 12 million so‘m miqdorida mikroqarz rasmiylashtirgan. Pulni o‘z kartasiga o‘tkazib, bankomatdan yechib olgan.

Toshkent shahri IIBB Axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbirda ikkala shaxs ushlangan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Ta’kidlanishicha, jabrlanuvchiga yetkazilgan moddiy zarar qoplab berilgan. Tergov harakatlari davom etmoqda.

Kiritildi: 18:21 21.01.2025. O'qildi: 1102 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!