Madrid derbisidan keyin hakamlik bilan bog‘liq bahslar davom etmoqda.
Diario AS nashri ma’lumotiga ko‘ra, Ispaniya Hakamlar texnik qo‘mitasi uchrashuvdagi eng bahsli epizodlardan biri yuzasidan xulosa bergan.
Gap "Atletiko" hujumchisi Li Kan Inning "Real" yarim himoyachisi Federiko Valverdega nisbatan qo‘pol harakati haqida ketmoqda. Janubiy koreyalik futbolchi raqibining oyog‘iga butsasining shiplari bilan qattiq bosgan, ammo bosh hakam Migel Anxel Ortis Arias unga hatto sariq kartochka ham ko‘rsatmagan.
Manbaga ko‘ra, Hakamlar texnik qo‘mitasi mazkur vaziyatda "Atletiko" futbolchisi to‘g‘ridan-to‘g‘ri qizil kartochka olishi kerak bo‘lganini tan olgan.
Shu bilan birga, referining boshqa muhim qarorlari to‘g‘ri deb baholangan. Xususan, 50-daqiqada "Real" himoyachisi Din Xyoysenning maydondan chetlatilishi qoida doirasida qabul qilingan qaror sifatida qayd etilgan.
"Atletiko" raqib bir kishi kam bo‘lib qolganidan keyin ustunlikdan foydalandi va derbini 2:1 hisobida o‘z foydasiga hal qildi.