Bugun 3 noyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Toshkentda Ozarbayjonning 8 noyabr — G‘alaba kuni munosabati bilan rasmiy qabul marosimi o‘tkazildi

Toshkentda Ozarbayjonning 8 noyabr — G‘alaba kuni munosabati bilan rasmiy qabul marosimi o‘tkazildi

O‘zbekiston poytaxti Toshkent shahrida Ozarbayjon Respublikasining 8 noyabr — G‘alaba kuni munosabati bilan rasmiy qabul marosimi tashkil etildi.

Toshkentda Ozarbayjonning 8 noyabr — G‘alaba kuni munosabati bilan rasmiy qabul marosimi o‘tkazildi

Ozarbayjon Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi Elchixonasi hamda Elchixona huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat markazi hamkorligida «Hyatt Regency Tashkent» mehmonxonasida o‘tkazilgan rasmiy qabul marosimida davlat va hukumat vakillari, diplomatik korpus a’zolari, xalqaro tashkilotlar vakillari, ilm-fan, madaniyat va san’at namoyandalari, diaspora a’zolari, shuningdek, mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.

Toshkentda Ozarbayjonning 8 noyabr — G‘alaba kuni munosabati bilan rasmiy qabul marosimi o‘tkazildi

Toshkentda Ozarbayjonning 8 noyabr — G‘alaba kuni munosabati bilan rasmiy qabul marosimi o‘tkazildi

Rasmiy qabul marosimida so‘zga chiqqan Ozarbayjon Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi, doktor Rashad Mammadov 8 noyabr — G‘alaba kunining Ozarbayjon xalqi tarixidagi beqiyos ahamiyati haqida so‘z yuritdi. Elchi ta’kidlaganidek, Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni Ilhom Aliyev rahbarligida 2020 yil 27 sentyabrda boshlangan va 44 kun davom etgan Vatan urushi Ozarbayjon xalqining birdamligi, matonati va qat’iyatining yorqin tantanasiga aylandi. Ozarbayjon armiyasining ko‘rsatgan qahramonligi, jasorati va fidoyiligi natijasida uzoq yillar davomida ishg‘ol ostida qolgan yerlar ozod etildi. 2020 yil 8 noyabrda Ozarbayjon va turkiy dunyoning madaniyat poytaxti, qadimiy Shusha shahrining ozod etilishi bilan tarixiy G‘alabaga erishildi.

Toshkentda Ozarbayjonning 8 noyabr — G‘alaba kuni munosabati bilan rasmiy qabul marosimi o‘tkazildi

Diplomat 8 noyabr G‘alabasi Ozarbayjon xalqining milliy xotirasiga abadiy muhrlanganini hamda mamlakatning zamonaviy davlatchilik tarixida yangi bosqichga asos solganini alohida ta’kidladi.

Rasmiy qism yakunlangach, G‘alaba kuniga bag‘ishlangan tantanali badiiy dastur namoyish etildi. Konsert dasturida Ozarbayjon Davlat «Qaya» ansambli, Ozarbayjon Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi Elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat markazining «Qorabog‘ G‘alabasi» raqs ansambli, «Xoribulbul» teatr truppasi solistlari, shuningdek, O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq artisti, Qozog‘iston va Turkmanistonda xizmat ko‘rsatgan artist Yulduz Usmonova ishtirok etdilar. San’atkorlar tomonidan ijro etilgan musiqiy va raqs chiqishlari konsert dasturiga o‘zgacha joziba bag‘ishlab, mehmonlar tomonidan katta qiziqish va olqishlar bilan kutib olindi.

Toshkentda Ozarbayjonning 8 noyabr — G‘alaba kuni munosabati bilan rasmiy qabul marosimi o‘tkazildi

Toshkentda Ozarbayjonning 8 noyabr — G‘alaba kuni munosabati bilan rasmiy qabul marosimi o‘tkazildi

Toshkentda Ozarbayjonning 8 noyabr — G‘alaba kuni munosabati bilan rasmiy qabul marosimi o‘tkazildi

Konsert dasturining alohida e’tiborga molik jihatlaridan biri Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat markazining «Qorabog‘ G‘alabasi» raqs ansambli tomonidan Ozarbayjonning qadimiy yurti Zangazurning boy folklor an’analarini o‘zida mujassam etgan «Zangazur yallisi» raqsining namoyish etilishi bo‘ldi. Ozarbayjon xalqining qadimiy milliy raqs an’analari, birlik va hamjihatlik ruhini ifoda etuvchi ushbu raqs kompozisiyasi o‘ziga xos ritmi hamda jo‘shqin ijrosi bilan tomoshabinlarda katta qiziqish uyg‘otdi.

Tadbir doirasida Ozarbayjonning shonli G‘alaba tarixini aks ettiruvchi «Shonli tariximizning 44 kuni» nomli fotoko‘rgazma tashkil etildi. Unda 44 kunlik Vatan urushi davomida Ozarbayjon armiyasi ko‘rsatgan qahramonlik, yurtimizning ishg‘oldan ozod etilishi hamda tarixiy G‘alabamizning unutilmas lahzalarini aks ettiruvchi fotosuratlar namoyish etildi. Fotomateriallar tadbirda ishtirok etgan davlat va jamoat arboblarida katta qiziqish uyg‘otdi.

Toshkentda Ozarbayjonning 8 noyabr — G‘alaba kuni munosabati bilan rasmiy qabul marosimi o‘tkazildi

Mazkur badiiy kecha Ozarbayjon va O‘zbekiston o‘rtasidagi madaniy aloqalarni yanada mustahkamlash, milliy san’at namunalarini keng targ‘ib etish hamda ikki qardosh xalq o‘rtasidagi o‘zaro madaniy almashinuvni rivojlantirish nuqtai nazaridan muhim ahamiyat kasb etdi.

Kiritildi: Bugun 20:54. O'qildi: 241 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!