Bu haqda Eron prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon ma’lum qildi.
"Biz bugun dushmanlarimiz tomonidan yaratilgan tahdid va inqirozlarni fuqarolarning qo‘llab-quvvatlashi va hamkorligiga tayanib yengib o‘tishimiz kerak. Biz bu muammolarni muloqot yo‘li bilan hal qilishga intilamiz. Bu borada ham Oliy Rahbar tomonidan hukumatga tegishli vakolatlar berilgan," - dedi davlat rahbari viloyatlar hokimlari va yirik shaharlar hokimlari bilan uchrashuvda.
Pezeshkiyon Eron rahbari tomonidan berilgan aniq vakolatlarni aytmadi. U, shuningdek, mamlakat hukumati dushmanning "yolg‘oniga qat’iy qarshi turishda" va Eron xalqi muammolarini hal qilishda davom etishini ta’kidladi.