Bugun 3 noyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Lukashenko Ukrainadagi urush yaqin oylarda tugashini aytdi

Lukashenko Ukrainadagi urush yaqin oylarda tugashini aytdi

“Ukrainadagi urush yaqin oylarda tugaydi. Agar to‘xtamasak, Uchinchi jahon urushi bo‘ladi. Bu mening shaxsiy fikrim. Hammaning kuchi va zaxirasi qolmadi, barcha charchadi. Zaxiralar haqida gapirganimda, qayerdadir nimadir yetishmayapti, demoqchi emasman. Rossiyaning resurslari butun dunyoga yetadi. Ammo odamlarning ongida bu urushni davom ettirish uchun resurs qolmadi. Hamma bu urushdan charchadi”, — dedi Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Yevroosiyo xavfsizligi bo‘yicha IV Minsk xalqaro konferensiyasida.

Shuningdek, u mojaroni hal qilishni istagan tomonlarni muzokaralar o‘tkazish uchun Minskka taklif qildi. Lukashenko “tinch yo‘l bilan hal qilishdan boshqa muqobil yo‘q”, deb ta’kidladi.

Kiritildi: Bugun 14:50. O'qildi: 611 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!