Bu haqda WSJ xabar bermoqda.
Nashr ma’lumotiga ko‘ra, seshanbaga o‘tar kechasi orolda portlashlar eshitilgan. Shuningdek, AQSh bir necha haftadan buyon Eronga nisbatan kichik ko‘lamli zarbalar berib kelayotgani aytilgan.
Fox News xabar berishicha, zarbalar Eron tomonidan AQSh samolyoti o‘qqa tutilganiga javoban berilgan va mudofaa maqsadlarini ko‘zlagan. Qayd etilishicha, bu hodisa yangi harbiy operasiya boshlanganini anglatmaydi.