Osiyo velosiped sporti konfederasiyasi boshqaruv kengashi yangi Olimpiya davridagi yirik musobaqalarning mezbonlarini e’lon qildi. Ahamiyatlisi, unda Toshkent 2028 yili trek yo‘nalishi bo‘yicha qit’a birinchiligini qabul qiladi.
Musobaqa Olimpiya shaharchasidagi velotrek majmuasida o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan. Qit’a birinchiligi Los-Anjeles-2028 yozgi Olimpiya o‘yinlariga qimmatli reyting ochkolarini taqdim etuvchi turnirlardan biriga aylanishi kutilmoqda.