Koreya Respublikasining Gumi shahrida 43 mamlakat vakillari ishtirokida bo‘lib o‘tgan mazkur chempionatda O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari 2 ta kumush va 1 ta bronza medalni qo‘lga kiritishdi.
Sportchilarni O‘zbekiston yengil atletika federasiyasi raisi o‘rinbosari O.Choriyev boshchiligida O‘zbekiston Respublikasi Bojxona qo‘mitasi hamda federasiya mas’ullari, Respublika oliy sport mahorati maktabi xodimlari, murabbiylar hamda oila a’zolari kutib olishdi.