Bugun 9 may, 2025 yil, juma

КИР

Toshkentda “dom”dagi chaqnash sababi ochiqlandi

Toshkentda “dom”dagi chaqnash sababi ochiqlandi

Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumanida ko‘p qavatli uylarning biridagi xonadonda chaqnash sodir bo‘lgani xabar qilingandi. Holat yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot berildi.

Unga ko‘ra, manzilga yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 15:29 da yetib borganida 9 qavatli uyning 9-qavatidagi xonadonda chaqnash natijasida yong‘in sodir bo‘lgani aniqlangan. Yong‘in soat 16:07 da o‘chirilgan.

Manzilda 6 nafar fuqaro qutqarilib tez tibbiy yordam xizmatiga topshilgan, halok bo‘lganlar to‘g‘risida hozirda ma’lumot kelib tushmadi. Hozirgi vaqtda hodisa sodir bo‘lgan manzildagi yuqori qavatli uyda hayot faoliyatini tiklash ishlari olib borilmoqda.

Hozirda mazkur holat yuzasidan birlamchi ma’lumotlarga qaraganda, yong‘in sodir bo‘lgan xonadonda fuqaro, oshxonada gaz plitasini yoqish orqali o‘z joniga qast qilishga uringan. Natijada gaz havo aralashmasi chaqnashi sodir bo‘lib yong‘in kelib chiqqandan so‘ng ushbu fuqaro 9-qavatdan o‘zini tashlash orqali halok bo‘lgani aniqlandi.

Kiritildi: 18:00 01.03.2025. O'qildi: 1270 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!