Bugun 7 avgust, 2026 yil, juma

КИР

Toshkentda bir fuqaroni "uxlatmoqchi" bo‘lgan aka-uka tovlamachilar qo‘lga tushdi (video)

Toshkentda bir fuqaroni "uxlatmoqchi" bo‘lgan aka-uka tovlamachilar qo‘lga tushdi (video)

Toshkent shahrida yashovchi, 1979 y.t., muqaddam sudlangan shaxs hamda uning 1988 y.t. ukasi o‘zaro til biriktirib, mahalliy fuqaro tomonidan Toshkent tumanida qurilgan kottej uyni 66 ming AQSh dollariga sotib olishga kelishishgan.

Dastlab ular uy egasiga 30 ming AQSh dollari berib, qolgan 36 ming dollarni 6 oy muddat ichida berishlarini aytishgan hamda 2022 yilning may oyida kottejni 1976 y.t. o‘z akasi nomiga notarial tartibda rasmiylashtirib olishgan.

Ammo, keyinchalik aka-uka qolgan 36 ming dollarni bermasliklarini aytib, agarda pulni so‘rasa, fuqaroga nisbatan tazyiq o‘tkazish bilan qo‘rqitishgan.

DXX Toshkent shahar bo‘yicha boshqarmasi va poytaxt IIBB xodimlari tomonidan ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida aka-uka qo‘lga olinib, ularga nisbatan Jinoyat Kodeksining 165-moddasi (tovlamachilik) 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: Bugun 07:03. O'qildi: 525 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!