Bugun 9 avgust, 2026 yil, yakshanba

КИР

Toshkent viloyatida Koreyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari aniqlandi

Toshkent viloyatida Koreyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro M.A. (muqaddam sudlangan) 2 nafar fuqaroni Koreya davlatiga yuborishi evaziga 12 000 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganligi aniqlangan.

Departamentning Quvasoy shahri bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro D.R. fuqaroni Koreya davlatidagi oliy ta’lim muassasasiga o‘qishga kiritishi va viza olib berishini va’da qilib, 11 000 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganligi aniqlanib, ushbu pullar hisobidan 200 AQSh dollarining qaytarilishi prosessual tartibda rasmiylashtirilgan.

Departamentning Paxtaobod tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro X.M. (muqaddam sudlangan) 2 nafar fuqaroni Kanada va Koreya davlatlariga ketishlari uchun hujjatlarini tayyorlab berishi evaziga jami 4 945 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganligi aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 14:03 05.07.2026. O'qildi: 1317 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!