Bugun 3 may, 2025 yil, shanba

КИР

Toshkent viloyati va Toshkent shahrida aksiz markasiz tamaki mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar ushlandi

Toshkent viloyati va Toshkent shahrida aksiz markasiz tamaki mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Nurafshon shahri bo‘limi, DXX, Bojxona va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Ohangaron tumani, "Olmaliq-Oxangaron-Toshkent” chorrahasida fuqaro B.M.ning boshqaruvidagi "Tracker-2” rusumli avtomashinasi to‘xtatilib ko‘zdan kechirilganda, avtomashina salonida qonunga xilof ravishda tamaki mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan fuqarolar B.M., M.R. va V.R.ga tegishli respublika hududiga aylanma yo‘llar orqali o‘tkazish maqsadida olib kelingan 3 000 quti “Oris Change”, 2 970 quti “Milano” va 465 quti “Esse Change” nomli jami 6 435 quti aksiz markasiz tamaki mahsulotlari mavjudligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan.

Shu kabi, Departamentning Mirzo Ulug‘bek tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda tamaki mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan U.M.nig “Spark” rusumli avtomashinasida 19 turdagi 2 072 quti aksiz markasiz tamaki mahsulotlarini o‘tkazish maqsadida olib kelgan vaqtida ushlanib, tamaki mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish yoki ishlab chiqarish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 10:03 02.05.2025. O'qildi: 596 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!