Bugun 17 mart, 2026 yil, seshanba

КИР

Toshkent shahrida FVB xodimining noqonuniy harakati fosh qilindi

Toshkent shahrida FVB xodimining noqonuniy harakati fosh qilindi

👨‍🚒Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar Bosh boshqarmasining Yunusobod tuman boshqarmasi Favqulodda vaziyatlar profilaktikasi bo‘limi inspektori Olmazor tumanida joylashgan xususiy klinikaning yong‘inga qarshi holati yuzasidan vakolatli hamkasblari orqali ijobiy xulosa olib berishni va’da qilib, joriy yilning fevral oyida MCHJ rahbaridan 6,5 mln so‘m olgan.

Biroq, u turli bahonalar bilan va’dasini bajarmasdan kelganligi sababli, fuqaro undan pullarini qaytarishni talab qilgan.

Davlat xavfsizlik xizmati va Prokuratura organlari xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, inspektor muqaddam olgan pullarini qaytarib bergan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Hozirda unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: Bugun 11:10. O'qildi: 436 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!