2025 yilda dunyo daryolaridagi suv oqimi so‘nggi 35 yildagi eng past ko‘rsatkichlardan biriga tushdi. Bu haqda Jahon meteorologiya tashkiloti (JMT) ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, dunyo daryo havzalarining 36 foizidan ortig‘ida suv oqimi me’yordan past bo‘lgan. Suv zaxiralari 2014–2016 yillardan beri izchil kamayib bormoqda. Ayniqsa, Markaziy Osiyo, Yaqin Sharq, Yevropa va Amerikaning ayrim hududlarida suv tanqisligi kuzatilgan.