Bugun 21 sentyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Turkiya Saudiya Arabistoniga urushda yordam beradi, ammo...

Turkiya Saudiya Arabistoniga urushda yordam beradi, ammo...

Turkiya Saudiya Arabistoniga urushda yordam beradi, ammo askar yubormaydi.

Turkiya tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan Anqara Yaman husiylarining Saudiya Arabistoniga hujumi fonida Ar-Riyod bilan birdam ekanini ma’lum qildi. Tashqi ishlar vaziri Turkiya qirollikka, ayniqsa, harbiy-texnik sohada yordam berishga tayyor ekanini aytdi.

Hakan Fidanning ta’kidlashicha, husiylar Saudiya Arabistonining suveren hududiga zarba bergan. Uning so‘zlariga ko‘ra, Turkiya va qirollikni mudofaa sohasidagi kelishuv bog‘lab turadi, shuning uchun Turkiya ittifoqchilari Ar-Riyodni qo‘llab-quvvatlashga tayyor. Biroq uning bayonotidan Turkiya husiylarga qarshi jang qilish uchun o‘z harbiylarini yubormasligi anglashilgan.

U, shuningdek, Saudiya Arabistonini AQSH–Eron urushiga jalb qilmaslik kerakligini ta’kidladi va qirollikning o‘zi urushish niyati yo‘qligini bildirdi.

Makka kelishuvida qo‘shma mudofaa bo‘yicha uchinchi ishtirokchi bo‘lgan Pokiston ham Saudiya Arabistoniga haqiqiy harbiy yordam ko‘rsatish masalasi kun tartibida emasligini bildirmoqda.

Husiylar esa, o‘z navbatida, Turkiya va Pokistonni Saudiya Arabistoni tomonida harbiy harakatlarga aralashishdan ogohlantirdi.

Kiritildi: Bugun 07:25. O'qildi: 1286 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!