Bugun 28 yanvar, 2026 yil, chorshanba

КИР

Toshkent masjidlarining sobiq imom-xatibi hibsga olindi

Toshkent masjidlarining sobiq imom-xatibi hibsga olindi

Toshkent shahar masjidlari sobiq imom-xatibi Odilxon Ismoilov hibsga olindi, deb xabar qildi Oliy sud matbuot xizmati.

Odilxon Ismoilovga ( 1977 yilda Namangan viloyatida tug‘ilgan, Rayhon oilaviy milliy taomlari ta’sischisi) hamda yana besh nafar shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining quyidagi moddalari bo‘yicha ayblovlar qo‘yilmoqda:

• 167-modda (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish);

• 179-modda (soxta tadbirkorlik);

• 184-modda (soliqlar yoki yig‘imlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash);

• 189-modda (savdo yoki xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzish);

• 209-modda 28-modda orqali (mansabdorlik soxtakorligida ishtirok etish);

• 209-modda (mansabdorlik soxtakorligi);

• 227-modda (hujjatlar, muhrlar, shtamplar, blankalar, avtomototransport vositalari va ularning tirkamalari davlat raqam belgilarini egallab olish, yo‘q qilish, shikastlash yoki yashirish);

• 228-modda (hujjatlar, muhrlar, shtamplar, blankalarni tayyorlash, qalbakilash, ularni sotish yoki foydalanish).

Jinoyat ishi Pop tuman jinoyat ishlari bo‘yicha sudida ko‘rib chiqilmoqda. Ismoilov va yana to‘rt nafar fuqaroga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llangan, bir nafar shaxsga garov ehtiyot chorasi belgilangan.

Kiritildi: Bugun 11:25. O'qildi: 938 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!