Bugun 17 noyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

"Janob Prezident, ukangiz 40 million dollarlik mehmonxonamni tortib oldi"

"Janob Prezident, ukangiz 40 million dollarlik mehmonxonamni tortib oldi"

Bu haqda Mahalliy tadbirkor Qubat Alimbekov prezident bilan uchrashuvda ma’lum qildi.

Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov Issiqko‘l aholisi bilan uchrashuvda kutilmagan e’tirozga duch keldi. Mahalliy tadbirkor Qubat Alimbekov uch yil avval 40 million dollarlik mehmonxona majmuasi undan tortib olinganini aytib, bu ishga prezidentning ukasi Askarbek Japarovning aloqasi borligini iddao qildi.

Prezident esa ukasining mehmonxonada hech qanday ulushi yo‘qligini ta’kidladi. Keyinchalik Qirg‘iziston maxsus xizmati xorijiy investorga yetkazilgan zarar qoplangani va Novel dam olish maskaniga egalik qiluvchi kompaniyaning 100 foiz ulushi unga qaytarilganini ma’lum qildi.

Kiritildi: Bugun 09:35. O'qildi: 954 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik