Bugun 28 noyabr, 2026 yil, shanba

КИР

Mamlakat prezidenti iste’foga chiqishini e’lon qildi

Mamlakat prezidenti iste’foga chiqishini e’lon qildi

Mongoliya prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux bugun, 17 noyabr kuni o‘z vakolatlarini topshirish haqidagi qarorini rasman e’lon qildi.

Bu haqda u matbuot vakillari uchun o‘tkazilgan brifingda ma’lum qilgan. Bu haqda Mongoliyaning MONSAME milliy axborot agentligi xabar bergan.

«Barchangizga ma’lumki, so‘nggi bir oy davomida ayrim jinoiy guruhlar Mongoliya prezidentining sha’ni va institutiga bepisandlik bilan hujum qilib, uning obro‘siga putur yetkazmoqda. Men aql bovar qilmas darajada og‘ir jinoyatda ayblanib, tuhmat va haqoratlarga duchor bo‘ldim. Bir muddat sukut saqlab, vaziyatni kuzatdim. Biroq mas’uliyatli lavozimni egallab turgan inson sifatida bugun ushbu bayonotni berishga qaror qildim. Qonun oldida hamma teng. Kecha Demokratik partiya guruhi Mongoliya prezidenti iste’foga chiqishi va tergov o‘tkazilishi kerakligi haqidagi pozisiyasini bildirdi. Men bu fikrga qo‘shilaman», — dedi u.

Mongoliya Konstitusiyasiga muvofiq, prezident iste’foga chiqqan, lavozimidan chetlashtirilgan yoki vafot etgan taqdirda, parlament uning vakolatlarini tugatish to‘g‘risida qaror qabul qiladi. Davlatning yangi rahbari saylanguniga qadar prezident vazifasini parlament spikeri bajaradi.

Muddatidan oldingi prezidentlik saylovlari to‘rt oy ichida o‘tkazilishi kerak.

Kiritildi: 10:40 17.11.2026. O'qildi: 2150 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik