Armaniston Jamoat televideniyesining «Katta bahslar» ko‘rsatuvida muxolifatdagi «Ona Armaniston» harakati vakili, jurnalist Boris Murazi va siyosatshunos Arutyun Mkrtchyan o‘rtasida keskin tortishuv yuzaga keldi.
O‘zaro haqorat va tahdidlar bilan boshlangan bahs mushtlashuvga aylandi. Ishtirokchilar bir-biriga zarba bera boshlagach, boshlovchilar efirni to‘xtatdi, studiyaga xavfsizlik xodimlari kiritildi.
Eslatib o‘tamiz, oktyabr oxirida Armaniston parlamentida ham hukmron partiya va muxolifat deputatlari o‘rtasida mushtlashuv sodir bo‘lgan edi.