Bugun 22 oktyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

Tojikiston va SpaceX sun’iy yo‘ldosh interneti sohasida hamkorlik qilmoqchi

Tojikiston va SpaceX sun’iy yo‘ldosh interneti sohasida hamkorlik qilmoqchi

Tojikistonning AQShdagi elchisi Zavki Zavkizoda SpaceX kompaniyasining Starlink loyihasini rivojlantirish va bozorlarga chiqish masalalari bo‘yicha direktori Juliya Greblaxer bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Tojikistonning AQShdagi elchixonasi xabar berishicha, tomonlar telekommunikasiya va sun’iy yo‘ldosh interneti sohasida hamkorlikni kengaytirish istiqbollarini muhokama qilganlar.

"Uchrashuv davomida tomonlar Tojikiston Respublikasi va SpaceX kompaniyasi o‘rtasidagi hamkorlikni, jumladan, telekommunikasiya va sun’iy yo‘ldosh interneti sohalarida kengaytirish bilan bog‘liq masalalarni muhokama qildilar", — deyiladi diplomatik vakolatxona xabarida.

Starlink tarmog‘ini ishga tushirish bo‘yicha amaldagi tadbirlar rejasini amalga oshirish, shuningdek, tarmoqqa ulanish nuqtalari (Edge Point of Presence, PoP) infratuzilmasini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi.

Uchrashuv ishtirokchilari, shuningdek, kelgusidagi o‘zaro manfaatli hamkorlik istiqbollari bo‘yicha ham fikr almashdilar.

Kiritildi: 10:20 20.10.2026. O'qildi: 472 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!