Bugun 18 avgust, 2026 yil, seshanba

КИР

Tojikiston soqol va hijob taqiqlangani haqidagi ovozalarni rad etdi

Tojikiston soqol va hijob taqiqlangani haqidagi ovozalarni rad etdi

Bu haqda Din, an’ana, tantana va marosimlarni tartibga solish qo‘mitasi ma’lum qildi.

Bir necha kun oldin bir qator nashrlar mamlakatda tojikistonliklarning tashqi ko‘rinishi ustidan go‘yoki qatiq nazorat joriy etilgani haqida ma’lumot tarqatgan edi.

​2024 yilning bahorida Imomali Rahmon yot madaniyatga taqlid qilishni tanqid qilib, milliy kiyim dizaynini ishlab chiqishni topshirgan, shundan so‘ng mamlakatda "an’anaviy uslubga rioya qilish va notipik kiyimlarni kiyishni taqiqlovchi" tuzatishlar kuchga kirgan edi.

Avvalroq, mahalliy ommaviy axborot vositalari xabariga ko‘ra, mamlakatda davlat darajasida “tojik milliy madaniyatiga yot” deb baholangan kiyimlarni kiyish va olib kirish taqiqlangan edi. Bu, birinchi navbatda, qora rangdagi hijoblar va arab uslubidagi bosh kiyimlarga taalluqli edi.


Kiritildi: 14:55 29.07.2026. O'qildi: 1266 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!