Bugun 2 oktyabr, 2026 yil, juma

КИР

Shvesiya Rossiya hujum qilsa, uning hududidagi nishonlarga zarba berishni rejalashtirmoqda

Shvesiya Rossiya hujum qilsa, uning hududidagi nishonlarga zarba berishni rejalashtirmoqda

Shvesiya havo kuchlari Rossiya tomonidan hujum qilingan taqdirda faqat mudofaa bilan cheklanib qolmaslikni rejalashtirmoqda. Shvesiya havo kuchlarining Havo urushi markazi rahbari polkovnik Karl Bergkvist mamlakatning yangi havo strategiyasi haqida ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, yangi konsepsiya dushman hududining chuqur qismidagi nishonlarga zarba berish imkoniyatini ham nazarda tutadi. Bergkvist bu preventiv hujum emas, balki ehtimoliy tajovuzkorga urush faqat Shvesiya hududi bilan cheklanib qolmasligini oldindan anglatishga qaratilgan tiyib turish strategiyasi ekanini ta’kidlagan.

Stokgolm yangi yondashuvni shakllantirishda Ukraina tajribasini ham inobatga olmoqda. Shvesiya harbiylari fikricha, aerodromlar, qo‘mondonlik punktlari va logistika ob’ektlariga uzoq masofadan zarba berish raqibning harbiy salohiyatini urushning dastlabki bosqichlaridayoq izdan chiqarishga xizmat qilishi mumkin.

Shvesiya rejalarida «Gripen» qiruvchi samolyotlarining uzoq masofaga zarba berish imkoniyatlarini kuchaytirish, jumladan, 500 kilometrdan ortiq masofaga uchadigan «Taurus» raketalarini integrasiya qilish masalasi ham tilga olingan. Shuningdek, harbiylar hukumatdan 2000 kilometrgacha masofaga ega raketalar olishni so‘ramoqda. Stokgolmdan Moskvagacha bo‘lgan masofa taxminan 1200 kilometrni tashkil etadi.

Kiritildi: 18:54 01.10.2026. O'qildi: 884 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!