Bugun 2 oktyabr, 2026 yil, juma

КИР

7 raqami kimga beriladi?

7 raqami kimga beriladi?

Ronaldu Portugaliya terma jamoasini tark etdi — uning 7-raqami boshqa futbolchiga berildi.

Krishtianu Ronaldu Daniyadagi Portugaliya terma jamoasi yig‘inini bosh murabbiy Jorje Jezush bilan navbatdagi kelishmovchilikdan so‘ng muddatidan oldin tark etdi.

Jezush matbuot anjumanida 41 yoshli hujumchi Daniyaga qarshi uchrashuvni ham asosiy tarkibda boshlamasligini ma’lum qilgan. Bundan avval Ronaldu Norvegiyaga qarshi o‘yinda 18 yil ichida birinchi marta butun uchrashuvni zaxirada o‘tkazgan edi.

Matbuot anjumanidan so‘ng Ronaldu Portugaliya futbol federasiyasi prezidenti Pedru Proensa bilan uchrashdi va shundan keyin terma jamoa yig‘inini tark etishga qaror qildi.

Futbolchi Instagram sahifasida keyinroq ketishi sabablari haqida portugallarga «haqiqatni» aytib berishini yozdi. Shu bilan birga, u terma jamoa va barcha hamkasblariga omad tiladi.

Ronaldu Portugaliya terma jamoasi safida 234 ta uchrashuv o‘tkazgan. Uning milliy jamoaga qaytishi-qaytmasligi hozircha noma’lum.

Portugaliya 1 oktyabr kuni Millatlar ligasida Daniyaga qarshi maydonga chiqadi. Jamoa bu uchrashuvni o‘z kapitanisiz o‘tkazadi.

Ronalduning mashhur 7-raqami esa Rafael Leanga berildi. Millatlar ligasi qoidalariga ko‘ra, o‘yin uchun zayavkaga kiritilgan futbolchilar 1 dan 23 gacha bo‘lgan raqamlarni egallashi kerak. Shu sababli 7-raqamni bo‘sh qoldirish mumkin emas edi.

Daniyaga qarshi uchrashuv Lean uchun Portugaliya terma jamoasida 7-raqam ostidagi birinchi o‘yin bo‘ladi.

Kiritildi: 22:10 01.10.2026. O'qildi: 620 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!