Bugun 2 oktyabr, 2026 yil, juma

КИР

Eron Netanyahuning BAAga tashrifini qoraladi

Eron Netanyahuning BAAga tashrifini qoraladi

Eron Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahuning Birlashgan Arab Amirliklariga yaqinda amalga oshirgan tashrifini qoraladi. Tehron Isroilning mintaqa davlatlarida bo‘lishi mintaqaviy xavfsizlikka tahdid solishini ta’kidladi.

Eron Tashqi ishlar vazirligi mintaqa davlatlarini hushyorlikka chaqirib, o‘z hududlaridan Yaqin Sharqdagi barqarorlikka putur yetkazishi mumkin bo‘lgan harakatlar uchun foydalanishga yo‘l qo‘ymaslikni so‘radi.

Vazirlik bayonotida G‘arbiy Osiyodagi hozirgi nozik vaziyat, jumladan, Isroilning Eronga hujumlari hamda Falastin va Livandagi harakatlari tilga olingan. Eron tomoni Isroilning mintaqadagi ishtirokini xavfli vaziyatni yuzaga keltiruvchi omil sifatida baholagan.

Tehronning reaksiyasi Netanyahuning 27 sentyabr kuni BAAga kutilmagan tashrifidan so‘ng bildirildi.

Isroilning Channel 14 telekanali xabar berishicha, Netanyahu tashrif davomida BAA, Saudiya Arabistoni, Marokash, Quvayt, Bahrayn, Liviya, Ummon va Misr vakillari, shuningdek, AQSh ishtirokidagi uchrashuvda qatnashgan.

Biroq uchrashuvning bunday tarkibi unda ishtirok etgani aytilgan davlatlar tomonidan rasman tasdiqlanmagan. Shuningdek, Isroil ommaviy axborot vositalaridagi xabarlarda uchrashuv tafsilotlari bo‘yicha ayrim farqlar mavjud.

Kiritildi: 17:42 01.10.2026. O'qildi: 906 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!