Bugun 2 oktyabr, 2026 yil, juma

КИР

Tramp: AQSh Ukrainaga ayrim kuchli o‘q-dorilarni bermadi

Tramp: AQSh Ukrainaga ayrim kuchli o‘q-dorilarni bermadi

AQSh prezidenti Donald Tramp Vashington Ukrainaga ayrim «kuchli o‘q-dorilar»ni bermaganini aytdi. Uning ta’kidlashicha, Kiyevda bunday qurollardan foydalanish uchun zarur vositalar, jumladan, tegishli samolyotlar mavjud emas.

Tramp bu haqda «Taym» jurnaliga bergan intervyusida ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy ayrim o‘q-dorilarni olmagan bo‘lar edi, chunki ularni ishlatish uchun zarur harbiy vositalar mavjud emas.

AQSh prezidenti, shuningdek, Vashington harbiy zaxiralarini bosqichma-bosqich to‘ldirib borayotganini aytdi. Trampning ta’kidlashicha, Amerika zaxiralari Jo Bayden prezidentligi davrida Ukrainaga yetkazib berilgan qurollar tufayli kamaygan.

Kiritildi: 19:50 01.10.2026. O'qildi: 953 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!