AQSh davlat kotibi Eron delegasiyasini mamlakatdan haydab chiqardi — Axios.
Nashrning manbalariga tayanib xabar berishicha, joriy yilning 28 sentyabr kuni AQSh davlat kotibi Marko Rubio BMT Bosh Assambleyasida qatnashish uchun Nyu-Yorkka borgan Eron delegasiyasidan mamlakatni zudlik bilan tark etishni talab qilgan. Bunga ikki mamlakat o‘rtasidagi muzokaralar boshi berk ko‘chaga kirib qolgani sabab bo‘lgan. Rubio tomonidan tashlangan ushbu qadam o‘ta favqulodda diplomatik e’tiroz, deb hisoblanmoqda.
"Qatarlik vositachilar AQSh va Eron o‘rtasida muzokaralarda tub burilishga erishishga harakat qilgan, ammo hech bir tomon yon berishni xohlamagani sababli faqat arzimas ilgarilashga erishilgan xolos. Nyu-Yorkni tark etish talab qilinganlar orasida Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi ham bo‘lgan", deyiladi Axios xabarida.