Bugun 24 mart, 2026 yil, seshanba

КИР

Tojikiston Markaziy Osiyoda terrorizm indeksi bo‘yicha eng xavfli davlat deb topildi

Tojikiston Markaziy Osiyoda terrorizm indeksi bo‘yicha eng xavfli davlat deb topildi

Bu haqda ExpressAsia xabar bermoqda.

Global Terrorism Index 2026 hisobotida 163 davlatdagi terrorizm holatlari tahlil qilingan bo‘lib, unda hujumlar soni, halok bo‘lganlar va yaralanganlar, shuningdek yetkazilgan umumiy zarar hisobga olingan va terrorizm ta’siri darajasi bo‘yicha reyting shakllantirilgan.

ExpressAsia ning yozishicha, hujjatda 2025–2026 yillardagi salbiy tendensiyalar ham qayd etilgan:

- Eron va Janubiy Osiyodagi mojarolar keskinlashuvi

- G‘arb mamlakatlarida iqtisodiy istiqbollarning yomonlashuvi

- Terroristlar tomonidan dron texnologiyalaridan faol foydalanish kabilar, shular jumlasidan.

Tadqiqot natijalariga ko‘ra, Markaziy Osiyo davlatlari quyidagi o‘rinlarni egallagan:

🇹🇯 41-o‘rin — Tojikiston
🇺🇿 96-o‘rin — O‘zbekiston
🇰🇿 100-o‘rin — Qozog‘iston
🇰🇬 100-o‘rin — Qirg‘iziston
🇹🇲 100-o‘rin — Turkmaniston

Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Turkmaniston reytingda mintaqadagi past o‘rinlarni egallab, eng xavfsiz davlatlar qatorida qayd etilgan.

Tojikistonda esa terrorizm ta’siri ancha yuqori bo‘lib, bu holat Afg‘oniston bilan chegaradagi mojarolar, harbiylar halok bo‘lishi va terrorchi hamda kontrabandachilar bilan bog‘liq hodisalarda xorijiy (jumladan, Xitoy) fuqarolarining o‘ldirilishi bilan izohlanadi.

Umuman olganda, Markaziy Osiyo mintaqasi jahonning boshqa “qaynoq nuqtalari”ga nisbatan xavfsiz hisoblanadi va terrorizm darajasi pastligicha qolmoqda.

Jahon reytingi yetakchi uch davlati Pokiston, Burkina-Faso va Niger hisoblanmoqda.

2025 yilda Pokistonda 1045 ta terakt sodir etilgan bo‘lib, 1139 nafar inson halok bo‘lgan — bu 2013 yildan beri eng yuqori ko‘rsatkich va 2020 yilga nisbatan qariyb 6 barobar ko‘p.

Xavfsizlik yomonlashuvining asosiy omillari sifatida:
— «Tehrik-i Tolibon Pokiston» guruhi faolligining oshishi
— «Belujiston ozodlik armiyasi» hujumlari qayd etilgan.

2021 yilda Afg‘onistonda hokimiyat almashganidan so‘ng, chegara nazoratining susayishi, davlat boshqaruv imkoniyatlarining cheklanganijangari guruhlar faolligi uchun qulay sharoit yaratgan.
Ayniqsa Afg‘oniston–Pokiston chegarasida vaziyat jiddiy.

Shu bilan birga, hisobotga ko‘ra, jahonda terrorizm umumiy darajasi pasayishda davom etmoqda. 2025 yilda halok bo‘lganlar soni 7714 nafardan 5582 nafargacha kamaygan (qariyb 28%). Biroq G‘arb mamlakatlarida yakka tartibdagi radikallashgan shaxslar tomonidan sodir etilgan hujumlar oqibatida qurbonlar soni oshmoqda. Afrika va Yaqin Sharq hududlari esa hanuzgacha terrorizm yuqori bo‘lgan “qaynoq nuqtalar” sifatida qolmoqda.

Kiritildi: Bugun 12:55. O'qildi: 444 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!