Bugun 5 may, 2026 yil, seshanba

КИР

Tojikiston Eronga 3610 tonna gumanitar yordam yubordi

Tojikiston Eronga 3610 tonna gumanitar yordam yubordi

Tojikiston hukumati Prezident Emomali Rahmonning buyrug‘i bilan Eron xalqiga gumanitar yordam yubordi.

Tojikiston Respublikasi rahbari matbuot xizmatining ma’lumotlariga ko‘ra, gumanitar yordam 3610 tonna yukni tashkil etadi, jumladan, 45 tonna dori-darmon, sanitariya-gigiyena vositalari, bolalar kiyimlari, turli xil oziq-ovqat mahsulotlari, uy-ro‘zg‘or buyumlari, choyshablar, chodirlar, qurilish materiallari va boshqa ko‘p miqdorda zarur buyumlar

“18 mart kuni 110 ta katta yuk mashinasidan iborat Tojikiston gumanitar yordam karvoni Eron Islom Respublikasiga yo‘l oldi va tez orada do‘stona va qardosh mamlakatga yetib boradi”, - deya qo‘shimcha qildi matbuot xizmati.

Kiritildi: 13:10 19.03.2026. O'qildi: 1995 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!