Bugun 12 dekabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Tog‘li hududlarda kuchli yog‘ingarchilik kuzatilishi mumkin – O‘zgidromet

Tog‘li hududlarda kuchli yog‘ingarchilik kuzatilishi mumkin – O‘zgidromet

O‘zbekiston Gidrometerologiya xizmati 23-25 oktyabr kunlari kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlarini e’lon qildi. Unga ko‘ra:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan
7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 23-24 oktabrda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 10-15°, 25 oktabrda kechasi 2-7° iliq, kunduzi 12-17° bo‘ladi.

Buhoro va Navoiy viloyatlarida esa havo biroz bulutli bo‘ladi, 23 va 25 oktabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, 24 oktabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 23 oktabrda kechasi 5-10°, kunduzi 10-15°; 24 oktabrda kechasi 2-7° iliq, kunduzi 12-17°; 25 oktabrda kechasi 2-7° iliq, kunduzi 14-19°bo‘ladi.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 23 oktabrda kechasi 8-13°, kunduzi 10-15°, 24 oktabrda kechasi 5-10°, kunduzi 12-17°; 25 oktabrda kechasi 5-10°, kunduzi 14-19°bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxandaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 23 oktabrda kechasi 8-13°, kunduzi 12-17°; 24 oktabrda kechasi 5-10°, kunduzi 13-18°; 25 oktabrda kechasi 5-10°, kunduzi 14-19° bo‘ladi.

Andijon, namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 23 oktabrda kechasi 7-12°, kunduzi 10-15°, 24 oktabrda kechasi 7-12°, kunduzi 12-17°; 25 oktabrda kechasi 5-10°, kunduzi 13-18°bo‘ladi.

Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlari havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, ayrim hududlarda ba’zi joylarda kuchli yomg‘ir yog‘ishi mumkin, baland tog‘li hududlarda qorga aylanadi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 23 oktabrda kechasi va kunduzi 6-11° iliq; 24 oktabrda kechasi va kunduzi 4-9° iliq; 25 oktabrda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 10-15°bo‘ladi.

Kiritildi: 16:34 21.10.2024. O'qildi: 10554 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!