"Barselona" bosh murabbiyi Xans Flik Chempionlar Ligasi yarim finalidan o‘rin olgan "Inter"ga qarshi javob o‘yinida qaysi darvozabon maydonga tushishini aytdi.
"Chempionlar Ligasida va "Real"ga qarshi Shsensni o‘ynaydi. Ter Shtegenning qaytganidan juda xursandman," - deya Flikning so‘zlarini keltiradi Marca.
3 may kuni Ispaniya chempionatining 34-turida "Barselona" "Valyadolid"ni mag‘lub etdi (2:1). 2024 yil sentyabr oyidan beri birinchi marta kataloniyaliklar darvozasini Mark-Andre ter Shtegen qo‘riqladi va u uzoq vaqt jarohatidan tiklangandi.
"Barselona" va "Inter" o‘rtasidagi ECHL yarim final javob uchrashuvi 6 may kuni bo‘lib o‘tadi. Birinchi o‘yin 3:3 hisobida yakunlandi.