Rossiyadan 9-may kuni “provokasiyalar” bo‘lishi mumkin. Bu haqda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Chexiya prezidenti Pyotr Pavel bilan o‘tkazilgan matbuot anjumanida gapirdi. Unga “Rossiya tomonidan 9-may kuni ehtimoliy provokasiyalar bo‘yicha maxsus xizmatlarda ma’lumot bormi?” degan savol berildi.
“Afsuski, biz bu qo‘shnilar – Rossiya qanday davlat ekanini va ular, birinchi navbatda, o‘z davlatlarida qandaydir radikal siyosiy yutuqlar uchun nimalarga tayyor ekanini tushunamiz”, – dedi Zelenskiy.
Uning aytishicha, Rossiya Pasxa bayramida “otishmani to‘xtatdik” deganiga qaramay, 100 martadan ortiq hujum qilgan. Oxirgi kunlarda esa rossiyaliklar frontda kuniga 200 martadan ortiq hujum o‘tkazmoqda – bu so‘nggi oylardagi eng yuqori ko‘rsatkich.
“Ya’ni, ishonch yo‘q, provokasiyalar bo‘lishi mumkin. Lekin bu ruslarga bog‘liq. Agar hali ham kimdir ularga ishonsa – marhamat, o‘zini sinab ko‘rsin”, – dedi Ukraina prezidenti.
3-may kuni Zelenskiy Ukraina boshqa davlatlarning vakillariga 9-may kuni Moskvaga tashriflari vaqtida xavfsizlikni kafolatlay olmasligini aytdi. Chunki Rossiya tomoni ularga nisbatan har qanday harakatni qilsa, Ukraina Rossiyada bo‘layotgan voqealar uchun javob bera olmaydi.