Bugun 20 dekabr, 2025 yil, shanba

КИР

"El-klasiko"da "Real" hujumida kimlar o‘ynashi ma’lum bo‘ldi

"El-klasiko"da "Real" hujumida kimlar o‘ynashi ma’lum bo‘ldi

11 may kuni "el-klasiko" bo‘lib o‘tadi, unda La Liga chempionligi taqdiri hal bo‘lishi mumkin.

"Barselona" o‘yinga 4 ochkolik zaxira bilan kelmoqda, shuning uchun "qaymoqranglilar"ga g‘alaba kerak. Relevo nashri tarqatgan xabarga ko‘ra madridliklar bosh murabbiyi Karlo Anchelotti jamoaning asosiy tarkibiga jiddiy o‘zgarishlar kiritishni rejalashtirmayapti. Hujumda Kilian Mbappe - Vinisius Junior dueti maydonga tushishi, Arda Gyuler va Jud Bellingem esa ularning tagida, o‘rta chiziqda joylashishi kutilmoqda. Xuddi shunday kombinasiyada "Real" kecha "Selta"ga qarshi o‘yinni g‘alaba bilan yakunlandi (3:2).

Joriy mavsumdagi avvalgi uchta klasiko "Barselona" foydasiga hal bo‘ldi: Xans-Diter Flik jamoasi 4:0, 5:2 va 3:2 hisobida g‘alaba qozondi.

Kiritildi: 09:05 05.05.2025. O'qildi: 11365 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!