Turkiyaning F-16 qiruvchi samolyotlari ilk bor Suriya havo hududida Isroil samolyotlariga bevosita yaqinlashdi. Voqea 2 may kuni Isroilning Suriya hududiga keng ko‘lamli havo hujumlari paytida yuz berdi.
Muxolifatdagi "So‘zcü" gazetasi xabar berishicha, turk qiruvchi samolyotlari Suriya havo hududiga kirib, Isroil harbiy samolyotlariga "ogohlantiruvchi signallar" yuborgan.
Shu bilan birga, Isroil hujumi chog‘ida Turkiya bilan aloqador Suriya ko‘ngilli kuchlari bazalariga - "Sulton Murod" va "Sulaymon Shoh" tuzilmalariga zarba berilgani ma’lum bo‘ldi.