Hodisadan so‘ng Tennessidagi barcha qatllarni 2026 yil oxiriga qadar to‘xtatish haqida qaror qabul qilindi.
Neshvill shahridagi Riverbend qattiq tartibli qamoqxonasida o‘tkazilgan prosedura vaqtida jiddiy asoratlar yuzaga kelgan. Advokatlar va guvoh sifatida qatnashgan jurnalistlarning aytishicha, preparatning birinchi va ikkinchi dozasi berilganidan keyin ham Payk hushida qolgan, og‘ir nafas olgan va ingragan.
Qatlni amalga oshiruvchi xodimlar tomirga kateter o‘rnatishga qariyb bir soat uringan va buning uchun kamida ettita igna ishlatilgan.
Shundan so‘ng Payk og‘ir ahvolda qamoqxonadan tashqaridagi fuqarolik shifoxonasiga zudlik bilan olib ketilgan.
Tennessi jazoni ijro etish departamenti xodimlar tasdiqlangan protokol doirasida harakat qilganini bildirdi. Idoraga ko‘ra, amaldagi tartib ikki marta in’eksiya samara bermagan holatda qo‘shimcha choralarni nazarda tutmaydi.
Tennessi gubernatori Bill Li voqea bo‘yicha mustaqil tekshiruv o‘tkazishni buyurdi. Shuningdek, dekabr oyiga rejalashtirilgan boshqa mahbusning qatli ham bekor qilindi.
1996 yilda qotillikda aybdor deb topilib, o‘lim jazosiga hukm qilingan Krista Paykning himoyachilari jazoni umrbod qamoq bilan almashtirish haqida rasmiy murojaat bilan chiqqan.