Bugun 2 oktyabr, 2026 yil, juma

КИР

Zidan kalla qo‘ygan vaziyatini esladi

Zidan kalla qo‘ygan vaziyatini esladi

Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi Zinedin Zidan Millatlar ligasi 3-turi doirasidagi jamoalar o‘rtasidagi uchrashuv oldidan Italiya milliy terma jamoasining sobiq himoyachisi Marko Materassiga bergan kalla zarbasini eslab o‘tdi.

"2006 yilmi? Kadrlar menga buni hamisha eslatib turadi, chunki bu lahzani hamma joyda aylantirib ko‘rsatishaveradi (kuladi). Men ko‘proq ijobiy lahzalar haqida o‘ylayman. "Yuventus" men uchun alohida klub edi, aynan o‘sha yerda men muhim futbolchiga aylanganman.

2006 yilda qilgan ishim bilan faxrlanmayman. Bu bosib o‘tilgan yo‘lning bir qismi. Hammamiz xato qilamiz. Eng muhimi — bundan keyin nima bo‘lishi, Fransiya milliy terma jamoasi bilan nima yuz berishidir", — deydi Zidanning so‘zlarini RMC Sport keltirib.

2006 yilgi JCh finalida Italiya va Fransiya o‘rtasidagi o‘yinning 110-daqiqasida fransuzlar sardori Zinedin Zidan Materassining ko‘kragiga kallasi bilan zarba bergan va shundan so‘ng maydondan chetlatilgan edi.

Kiritildi: Bugun 09:25. O'qildi: 621 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!