Bugun 3 oktyabr, 2026 yil, shanba

КИР

Putin Ukrainadagi urush qachon tugashini aytdi

Putin Ukrainadagi urush qachon tugashini aytdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukrainadagi urush ikki yildan oldinroq tugashi mumkin, deb aytdi. U bu haqda «Valday» xalqaro muhokama klubining yalpi majlisida so‘zlagan.

Putinning aytishicha, Ukraina Donbassni taxminan bir yarim yil ichida boy berishi mumkin, Yevropa Ittifoqi esa Kiyev yana ikki yil qarshilik ko‘rsata oladi, deb hisoblaydi. Rossiya prezidenti esa «Menimcha, biz tezroq tugatamiz», degan.

Shuningdek, Putin Donesk viloyati hududining taxminan 11 foizi hali Ukraina nazoratida ekanini aytgan. Uning ta’kidlashicha, Rossiya qo‘shinlari viloyat ustidan to‘liq nazorat o‘rnatishni Yevropa va Kiyev taxmin qilayotgan muddatdan oldin amalga oshirishni rejalashtirmoqda.

Putin Rossiya Ukraina bo‘yicha tinchlik muzokaralariga tayyor ekanini ham bildirgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, Moskva uzoq muddatli tinchlik uchun xavfsizlik kafolatlari va muayyan shartlarni talab qilmoqda.

Rossiya prezidenti Ukrainadagi mojaroni hal qilishda tomonlar o‘rtasidagi yo‘qotishlarni kamaytirish va tinchlik yo‘llarini izlash zarurligini ta’kidlagan. U rus tili va cherkov masalalari ham muzokaralarda ko‘rib chiqilishi mumkinligini aytgan.

Putin, shuningdek, Rossiyaning harbiy razvedkasi boshqa davlatlar tomonidan yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan tahdidlarni kuzatayotganini ma’lum qilgan. U Rossiyaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri hujum qilingan taqdirda, mavjud barcha qurollardan foydalanish masalasi «muqarrar va zudlik bilan» kun tartibiga chiqishini aytgan.

Rossiya prezidenti mamlakat yadroviy kuchlarini rivojlantirish davom etayotganini ham bildirgan. U Rossiya yadroviy arsenalining 98 foizi zamonaviy ekanini da’vo qildi.

Putin dunyo «rivojlanishning hal qiluvchi burilish nuqtasiga yaqinlashgani» haqida ham bayonot bergan.

Kiritildi: 22:10 02.10.2026. O'qildi: 819 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!