Bugun 12 avgust, 2025 yil, seshanba

КИР

Taxmina Ikromova Universiada oltin medalini qo‘lga kiritdi

Taxmina Ikromova Universiada oltin medalini qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston sport delegasiyasi Germaniyada davom etayotgan yozgi Universiada o‘yinlaridagi ilk oltin medaliga ega bo‘ldi.

Badiiy gimnastikachimiz Taxmina Ikromova yakkalik bahslarning halqa (obruch) yo‘nalishida 29, 850 ball bilan Universiada o‘yinlari chempioniga aylandi. Germaniyalik Anastasiya Simakova kumush, vengriyalik Fanni Pignichki bronza medali bilan taqdirlandi.

1. Taxmina Ikromova (O‘zbekiston) - 29.850

2. Anastasiya Simakova (Germaniya) - 29.150

3. Fanni Pignichki (Vengriya) - 27.200

Bu Taxminaning ushbu musobaqadagi ikkinchi medali bo‘ldi. U ko‘pkurash dasturida kumush medalga sazovor bo‘lgan edi.

Kiritildi: 22:56 19.07.2025. O'qildi: 728 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!