Joriy yilning 24 iyul kuni soat 22:30 larda Chiroqchi tumani, yashovchi ayol D.I. 102 raqamiga murojaat qilib, u bilan birga rasmiy nikohsiz yashab kelayotgan erkak N.P.ning onasi xonadoniga kelib janjal ko‘tarayotganligini ma’lum qilgan.
Hodisa joyiga profilaktika inspektori leytenant M.Xolmamatov yetib borib, janjalni bartaraf etish maqsadida N.P.ni tumani IIB binosiga olib kelgan.
N.P.ning rasmiy nikohida bo‘lgan ayoli qarindoshlari bilan birga jamoat joyida “Senga erim kerakmi” deb, D.I.ni bir necha marotaba tanasining turli joylariga tepib, urib kiyimsiz holatda qoldirgan.
Mazkur holatlarning videotasviri ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib jamoatchilik e’tiroziga sabab bo‘lgan.
Ma’lum qilamizki, profilaktika inspektori leytenant M.Xolmamatov tomonidan to‘liq tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilgan va prosess ishtirokchilarining olgan tan jarohati og‘irlik darajasini aniqlash maqsadida sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlangan.
Holat yuzasidan Chiroqchi tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan jinoyat kodeksining 277-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.