Biz uning mamlakatiga bormaymiz, dedi Donald Tramp o‘z murojaatida.
AQSh prezidentining boshqa bayonotlari:
◾️ Keyingi uchrashuv Zelenskiy va Putin bilan yoki Zelenskiy, Putin va meni ishtirokimda bo‘ladi. Men ikki yetakchi o‘rtasida uchrashuv tashkil qilmoqchiman;
◾️ Rossiya va Ukraina orasida ma’lum bir hududlar almashinuvi bo‘ladi. Rossiya ba’zi muhim hududlarni bosib olgan, biz ushbu hududlarning bir qismini Ukrainaga qaytarishga harakat qilamiz;
◾️ So‘rovnomalarga ko‘ra, Ukrainadagi aholining 88 foizi Rossiya bilan tinchlik bitimi tuzilishini xohlaydi;
◾️ Putin bilan uchrashuvning dastlabki bir necha daqiqasidayoq Ukraina bo‘yicha kelishuvga erishishning iloji bor yoki yo‘qligini bilib olaman;
◾️ Rossiya va AQSh o‘rtasida savdo munosabatlarini normallashtirilishi mumkin;
◾️ Men baribir Putinni Zelenskiy bilan bir stol atrofida o‘tirishga majbur qila olaman;
◾️ Men muzokara jarayonini tark etishim va ularga omad tilashim mumkin, ammo bunday holatda Ukraina bo‘yicha tinchlik muzokaralari tugaydi;
◾️ Rossiya — urush olib boradigan mamlakat. Ular ko‘plab urushlar qilgan. Ular Gitler va Napoleonni yengishgan;
◾️ Urush boshida ruslar avtomagistral bo‘ylab harakatlanganida, 4 soatda Kiyevda bo‘lardi. Ammo rossiyalik general qishloq xo‘jaligi yerlaridan o‘tishga qaror qilgan. Men bu general kimligini bilmayman, lekin Putinni yaxshi bilganim uchun shuni aytishim mumkinki, katta ehtimollik bilan ushbu general tirik emas;
◾️ Menimcha, Putin bilan uchrashuvimiz yaxshi bo‘ladi, lekin yomon ham bo‘lishi mumkin.