Tramp bu haqdia Amerika poytaxtidagi xavfsizlik choralariga bag‘ishlangan matbuot anjumanida ma’lum qildi.
“Men Putinni ko‘raman. Juma kuni Rossiyaga boraman. Men bu yerda (Vashingtonda) bo‘lishni va bu qanchalik xavfli, iflos va jirkanch ekanligi haqida gapirishni yoqtirmayman. Bir paytlar go‘zal bo‘lgan bu poytaxt devorlari graffit bilan qoplangan”, dedi Tramp o‘z nutqida.
Biroz fursat o‘tgach, Tramp juma kuni "Rossiyaga borishini" aytganida yanglishib ketgan, deb xabar bermoqda mahalliy OAV Oq uyga tayanib
Eslatib o‘tamiz, Kreml va Oq uy Putin va Tramp 15 avgust kuni Alyaskada uchrashishi haqida xabar bergan edi. Rossiya rahbari yordamchisi Yuriy Ushakovning ta’kidlashicha, AQSh prezidentining maxsus vakili Stiv Uitkoff Rossiya Federasiyasiga tashrifi paytida Kremlda Putin, Tramp va Vladimir Zelenskiyning uch tomonlama uchrashuvini tilga olgan, ammo Rossiya tomoni buni sharhlashdan tiyilib, ikki tomonlama sammitga tayyorgarlik ko‘rishga e’tibor qaratishni taklif qilgan.