Buyuk Britaniyada haydovchilik qonunlariga katta o‘zgarishlar kiritilishi rejalashtirilmoqda. Yangi tartibga ko‘ra, 70 yoshdan oshgan avtomobil egalari haydovchilik guvohnomasini yangilashda har 3 yilda bir marta majburiy ko‘z nuri tekshiruvidan o‘tishi shart bo‘ladi. Agar testda qoniqarsiz natija qayd etilsa, haydovchilarning rulga o‘tirishiga ruxsat etilmaydi. Bu haqda Telegraph xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, yo‘l harakati xavfsizligining ushbu yangi strategiyasi doirasida mast holda avtomobil boshqarish limitini kamaytirish va xavfsizlik kamarini taqmagan yo‘lovchilari bo‘lgan haydovchilarga jarima ballarini berish masalasi ko‘rib chiqilmoqda. Yangi chora-tadbirlar kuzda amaliyotga tatbiq etilishi rejalashtirilgan.
Ta’kidlanishicha, bu choralar ko‘rish qobiliyati yomonlashgan haydovchilar sabab yuz berayotgan o‘lim holatlari tufayli joriy etilmoqda. Kutilayotgan o‘zgartirishlarga quyidagilar kiradi:
Shuningdek, sug‘urtasiz mashina haydaganlarga ko‘proq jazo berish va kamera taniy olmaydigan avtomobil raqamlari muammosini hal qilish choralari ham ko‘rib chiqilmoqda. Rejalar Britaniyada yo‘llarda o‘limlar ko‘paygani fonida ishlab chiqilmoqda. Transport vazirligi bu o‘zgarishlar orqali yo‘l xavfsizligini oshirish, qonunbuzarliklarga qat’iy chora ko‘rish va yo‘llarda tartibni tiklashni maqsad qilgan.