Bugun 12 avgust, 2025 yil, seshanba

КИР

DXX: Ichki ishlar organlarining poraxo‘r xodimlari qo‘lga olindi

DXX: Ichki ishlar organlarining poraxo‘r xodimlari qo‘lga olindi

➡️Buxoro viloyati ichki ishlar boshqarmasi xodimi o‘zining mansabdor tanishlari orqali Buxoro shahar ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi huzuridagi Tergov bo‘limi ish yurituvida bo‘lgan jinoyat ishini gumonlanuvchiga nisbatan bo‘lgan qismini harakatdan tugatishda yordam berishi evaziga 13 ming AQSh dollari talab qiladi.

DXXning Buxoro viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda ichki ishlar va prokuratura organlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda xodim 13 ming AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

➡️Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmasi qo‘riqlash boshqarmasi Angren shahar bo‘limi safdor xodimi bo‘linma komandiri o‘rinbosari bilan o‘zaro til biriktirib, xizmat mavqeidan foydalangan holda mansabdor tanishlari orqali Oqqo‘rg‘on tumanida yashovchi fuqaroni qo‘riqlash boshqarmasiga ishga kiritib qo‘yish evaziga 1500 AQSh dollari talab qiladi.

DXXning Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda prokuratura organlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda safdor xodim oldindan 1000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

➡️DXX tomonidan o‘tkazilgan navbatdagi tezkor tadbir davomida IIV Migrasiya va personallashtirish Departamenti “Toshkent” xalqaro aeraportida pasport-viza bo‘limi katta inspektori mansab vakolatidan foydalangan holda voyaga yetmagan shaxsning xorijga chiqish biometrik pasportiga uni xorijga olib chiqib ketayotgan fuqaroga hamroxlik qiluvchi shtamp belgisini tezlashtirilgan tartibda rasmiylashtirib berish evaziga 400 AQSh dollarini pora sifatida olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.

Tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida, katta inspektor 2025 yilning boshidan xozirgi kunga qadar O‘zbekiston Respublikasida bo‘lib turgan 42 nafar chet el fuqarolarining har biridan 300-700 AQSh dollari miqdoridagi pullarni olib, ularga chiqish vizasini hamda 8 nafar O‘zbekiston fuqarolariga hamroxliq qiluvchi shtamp belgisini tezlashtirilgan tartibda rasmiylashtirib berish evaziga 200-400 AQSh dollari miqdoridagi pullarni pora sifatida olganlik holatlari ham aniqlandi.

⚖️Hozirda ushbu qonun himoyachilariga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 20:55 11.08.2025. O'qildi: 1614 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!